Tursunov ulug’Toshmuhammedovich

Tursunov ulug’Toshmuhammedovich (1905.9.1, Qo’qon 1971.20.6, Samarkand) — tilshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), prof. (1958), Filol. fanlari nomzodi (1941); 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Farg’ona ped. texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik intini (1930) tugatgan. Marg’ilonda maktab o’qituvchisi (1924 -25), Qo’qonda bolalar uyi o’quv bo’limi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 y.larda bir paytning o’zida til va terminologiya qo’mitasida ilmiy xodim, O’rta Osiyo untida o’qituvchi va tojik agropedagogika inti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 y.larda O’zbekiston madaniy qurilish i.t. intida sektor mudiri, 1934 — 36 y.larda til va adabiyot intida direktor urinbosari va sector mudiri, 1936 — 71 y.larda Samarkand unti o’zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri. T. ning ilmiy asarlari o’zbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, o’zbek tilining ilmiynazariy, amaliy va metodik masalalariga bag’ishlangan. As: uzbekchada fe’llarning yasalishi, T., 1930; O’zbek terminologiyasi masalalari, T., 1933; hozirgi zamon o’zbek tili [morfologiya] (hammualliflikda), T., 1960; Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo Yazikov (v soavtorstve), Samarkand, 1962; O’zbek tili leksikasining ba’zi masalalari (hammualliflikda), Samarkand, 1971; O’zbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Hozirgi o’zbek adabiytili [Leksikologiya, morfologiya], 3nashri, T., 1992.