Tursunzoda

Tursunzoda (1978 y.gacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952 y.dan). Tursunzoda tumanining ma’muriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qo’yilgan. Respublikaning Jan.da, Hisor vodiysining g’arbiy qismida. Dushanba sh.dan 57 km g’arbdajoylashgan. Dushanba — Termiz t.y.dagi (Regar) stantsiya. Aholisi 378 ming kishi (2001). T. da rangli metallurgiya (1980-y.larda alyuminiy zdi qurilgan), chinni zdi, oziq-ovqat, engil sanoat (paxta tozalash zdi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud. 10 ga yakin umumiy ta’lim maktabi, internat maktabi, sport, musika maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bog’i, stadion, kasalxona va b. tibbiyot muassasalari mavjud. 1981 y.da Mirzo Tursunzodaga haykal o’rnatilgan. Shahar chetida Xo’ja Naqshron maqbarasi (10-11-a.lar) me’moriy yodgorligi saklangan.