Tursunnazarov Yigitali
Tursunnazarov Yigitali (1941. 13.3, Farg’ona viloyatidagi Rapqon qishlog’i) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston ba akad. (1999). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1973). 1973 y.dan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, 1999 y.dan Kamoliddin bex.zod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida pedagog. T. romannavis rassom — epik asarlar ustasi sifatida tanilgan. Teran fikrli zamondoshlari obrazlarini yaratdi. «Xayol», «Abdurazzoq ota Ikromov», «so’nggi maktub», «2-jahon urushi qatnashchisi Ahmadjon Shukurov», «Shoira», «zamondoshlarim», «suv haqida Doston» uchligi shular jumlasidan. Mustaqillikdan so’ng buyuk AJ — dodlar siymolarini yaratdi (jumladan, «Sohibqiron Amir Temur» uchligi; «Sohibqiron portreti» — Shvesiyada chop etilgan Amir Temur haqidagi kitob muqovasidan o’rin olgan). T. asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Hindiston, Angliya va b.)dagi ko’rgazmalarda namoyish etildi, shaxsiy ko’rgazmalari tashkil qilingan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).