TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI
TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI — Toshkent sh. yaqinidagi tog’oldi bukilmasida joylashgan havza; Jan.da Farg’ona, garbda Qizilqum va shim.da Chimkent (Aris) artezian xavzalari bilan tutash. Sharkda ChatqolQurama burmalanish oblasti tog’oldilari bilan chegaralanadi. Havza o’ramidagi yura yotqiziklarining qalinligi 100-150 m gacha bo’lib, tarqalishi cheklangan. Bo’r yotqiziqlari keng maydonni egallagan va yupqa qatlamchali ohaktoshlar ko’shilgan terrigen cho’kindilari (konglomerat va qumtosh)dan iborat. Bo’r yotkdoiklarining qalinligi 50-100 m dan 900 m gacha o’zgarib turadi. Paleogen yotqizikdari juda keng tarqalgan, ular ohaktosh, qumtosh, konglomerat va gillar bo’lib, umumiy qalinligi 150 m gacha. Neogenning kontinental qatlami 300 m dan 1600 m gacha bo’lgan terrigen yotqizikdardan iborat. To’rtlamchi davr yotqiziklari esa 600 m gacha bo’lgan allyuvial, prolyuvial, yoki delyuvial va elyuvial cho’kindilardan tarkib topgan. Regionda tektonik strukturalarning har xilligi gidrogeologik sharoitning xilmaxilligini belgilaydi. Asosiy antiklinal strukturalar (tog’li zonada) paleozoy yotqizikdarining darzlik va darzlikkarst suvlari tarqalgan joylaridir. Sinklinallarda vodiy va tog’oldi qismlari to’rtlamchi davr yotqiziklarida bosimli chuchuk suvlar, neogen, paleogen, quyi bo’r va yura tog’jinslarida sho’r suvlar hamda yuqori bo’r yotqizikdari (senoman va Turon)da chuchuk mineral termal suvlar tarqalgan. Yuqori bo’r qatlamlaridagi mineral suvlarning yoshi 0,2 dan 3,5 mln. yilgacha, «yosh» suvlar (0,2 mln. yilgacha) T.a.h.ning shim. va Sharqiy qismida bo’lib, Jan. G’arb tomonga ularning yoshi 2-3,5 mln. y.gacha oshib boradi. Havzaning botiq (cho’kkan) joylarida deyteriy kontsentrasiyasining o’rganilishi infiltrasion va sedimentasion suvlarning siljiganligini va Toshkent mineral suvlarining ko’plab foydalanilganligi oqibatida suvning sifati yomonlashib, zaxirasi kamayib borayotganligini ko’rsatmoqda. Havzaning turli punktlarida U234/ U238 lar munosabatining o’zgarishiga qarab yuqori bo’rga mansub er osti suvlarining harakat tezligi chekka qismlarda yiliga 8-10 sm, Markaziy qismda yiliga 1 sm gacha ekanligi aniklandi. Er osti suvlarining umumiy oqimi g’arbiy, Jan. g’arbiy yo’nalishiga ega bo’lib, havzaning chekka qismlarida harakat tezligi markazdagi (Toshkent sh. hududi)ga nisbatan ko’proq. Ad.: Sultanxodjaev A. N., Dusxodjaev X. R., Sirdarinskiy artezianskiy basseyn, T., 1973; Sultanxodjaev A. N.,Latipov S. U. i dr., Gidroseysmologicheskie predvestniki zemletryaseniy, T., 1983.