Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi

Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi, O’zbekiston FA Arxeologiya institutining Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi — Toshkent sh. hududida arxeologik qazishlar va kuzatuvlar olib boruvchi ilmiy xodimlar jamoasi. Akad. Ya. F. G’ulomov tashabbusi bilan 1967 y. tuzilgan. Toshkent zilzilasi (1966)dan so’ng shaharda qurilish ishlari avj olgach, T.a.e. (rahbarlari V. A. Bulatova, 196768, 197174; M. T. Aminjonova, 1969-70; M. I. Filanovich, 1974 y.dan) keng ko’lamda tadqiqot ishlarini boshlab yubordi. Arxeologik tadqiqotlar bilan birga Chochdagi numizmatika, paleoantropologiya va etnogenetik jarayonlarga oid, geomorfologiya, paleozoologiya, paleotuproqshunoslik va paleoiklimga oid tadkiqotlar Toshkent atrofi rnlarida kishilik jamiyati rivojining dastlabki bosqichini o’rganish bilan birga ko’shib olib borildi. T.a.e. ning qazishlar va kuzatuvlari natijasida Toshkent sh. madaniyati yoshini aniqlash va shaxar rivojining qad. boskichlarini tiklashga imkon beradigan materiallar majmui jamlandi. Toshkentdagi yodgorliklarning arxeologik stratigrafiyasini o’rganish fanning ayrim munozarali masalalariga aniklik kiritdi, ya’ni Burganli va Qovunchi madaniyatlarining aniq davrlari aniklandi; Chochning qad. va o’rta asrlardagi poytaxtlari, bu rNning tarixiy topografiyasi, ekonomikasi va aholining g’oyaviy dunyoqarashlarini o’rganishga oid faktik materiallar to’plandi.