Toronto
Toronto — Kanadaning Sharqiy qismidagi shahar. Ontario provintsiyasining ma’muriy markazi. Axoliey 2,4 mln. kishi (2001, shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). Transport yo’llari tuguni. Ontario ko’li sohilidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdosanoat, moliya va madaniy markazi. Katta T.da mamlakat sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoklari: umumiy mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, radio elektronika, poligrafiya, kimyo, texnikrezina. Shuningdek, farmasevtika, ko’npoyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Metropoliten qurilgan. 2 unt, Ontario Qirollik muzeyi, badiiy galereya bor. T. o’rnida 17-a.da indeyslar qishlog’i, 18d.da frantsuzlarning savdo manzilgohi, keyinroq Fort bo’lgan. 1793 y.da inglizlar kelib o’rnashgan (1834 y.gacha Yorkdebatalgan). 1793-1841 y.larda inglizlar mustamlakasi yuqori Kanadaning ma’muriy markazi. 1837— 38 y.larda mustamlakachilarga qarshi kurash markazi bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan yog’och devorlar va York qal’asi qoldiqlari, sud binosi va b. sakdangan. Zamonaviy binolardan 72 qavatli bino va bal. 553 m li teleminora kurilgan.