GAZ BALLONLI AVTOMOBIL

GAZ BALLONLI AVTOMOBIL -sikilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazlarda ishlovchi avtomobil; gaz ballonlari avtomobil shassisiga, ba’zan tepasiga o’rnatiladi. Tabiiy gazlar, neftni kayta ishlash va qazib olishda yo’lakay olinadigan gazlar va tosh ko’mirni qayta ishlab olinadigan koks gazlari siqilgan holatda bo’ladi. Siqilgan gaz ballonga 20 mn/m2 gacha bosim b-n haydaladi. Suyultirilgan gazlar: propan-Butan va propilen-butilen odatdagi t-Rada suyultirilib, ballonlarga 1,6 mn/m2 bosim b-n haydaladi; suyultirilgan metan gaz atmosfera bosimida va -161,3° t-Rada suyultirilib, 1 mn/m2 bosim b-n izotermik ballonlarga haydaladi. G.b.a.ning suyuq yonilg’ida ishlaydigan avtomobillardan afzalligi shundaki, bunda DVI — gatel detallari kam eyiladi, qisish darajasini oshirish hisobiga dvigatel quvvatini oshirish imkoni bo’ladi, yonilg’i tejaladi, dvigateldan chiqadigan gazlarning zaharliligi kamayadi.