Galen preparatlari
Galen preparatlari (Praeparata galenica, s, Galenica)— o’simliklar (ildizi, bargi, guli, po’stlog’i va b.), minerallar va hayvonlar xom ashyosini qayta ishlab olinadigan dorilar. Kds. Rim vrachi Klavdiy Galen nomi b-n yuritiladi. Fakat Galen davrida emas, balki hozir ham turli farmasevtik usullar b-n tayyorlangan har xil dorilar g. p. deb ataladi. Ko’pchilik G.p. xom ashyodan, uni suv, spirt, efir yoki spirt b-n suv, efir b-n spirt aralashmalari vositasida ekstraktsiya qilib olinadi. Boshqalari esa, odatda, biror dorivor moddaning suv, spirt yoki yog’dagi eritmasidan iboratdir. G. p.ning asosiy guruxlari: ekstraktlar, nastoykalar, xushbo’y suv va spirtlar, sharbatlar, eritmalar, sovunli spirtlar, sovunkrezolli preparatlar va h. k. Zamonaviy shifobaxsh preparatlar (pepsin, tireoidin, aloy, kora smorodina ekstraktlari, allilsat va b.) G. p. sirasiga kiradi. Neogalen (novogalen) preparatlari o’symlik xom ashyosidan tayyorla-nib, ballast moddalardan mumkin qadar tozalangan va biologik jihatdan standartlantan aloxida g. p. dir. Bularni in’ektsiya (mas, teri osti ga yuborish) uchun ishlatsa bo’ladi.