GALVANOKAUSTIKA

GALVANOKAUSTIKA (galvano… va Yun. kaustikos — kuydiruvchi, lovillatuvchi), galvanotermiya, elektrokaustika — 1) elektr tokida qizdirilgan maxsus uchliklar (galvanokauterlar) b-n tirik to’qimalarni kuydirish usuli. Bunda o’zgarmas elektr toki manbalari yoki yoritish tarmoqlaridan tok olinadi (tok kuchlanishi 2-4 V bo’lib, 20 ma ga mo’ljallangan). Xavfsiz kichik o’smalar, so’rg’ichsimon o’siqlarni emirish, poliplarni olib tashlash, teridagi va yuzdagi ayrim nuqsonlar (chandiqlar) ni yo’qotish, surunkali tonzillitni davolash uchun qo’llaniladi; 2) metallga tushirilgan rasmni Galvani toki b-n ishlash.