Galvanometr

Galvanometr (galvano… va …metr) — juda kichik tok, kuchlanish va elektr mikdorini o’lchaydigan asbob. Ishi elektr toki maydoni b-n magnit maidonining o’zaro ta’siriga asoslangan. Ishlash tarziga ko’ra, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va termoelektrik; tok turiga qarab, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok g.lariga bo’linadi. O’zgarmas tok g.lari, asosan, magnitoelektr sistemasida bo’ladi. G. larning xilma-xil konstruktsiyalari ichida o’zgarmas tok zanjirlari uchun qo’zg’aluvchan ramkali va o’zgaruvchan tok zanjirlari uchun tebranuvchan magnitli turlari keng tarqalgan. O’zgaruvchan tok g.lari barcha sistemalarda ishlab chiqariladi. G.lar milli va ko’zguli bo’lishi mumkin. Milli G.larda shkala bo’limlari qiymatini mili ko’rsatadi. Ko’zguli G.ning qo’zg’aluvchi qismiga kichkina ko’zgu mahkamlab qo’yiladi. Ko’zgudan qaytgan nur shkalaga tushib, o’lchanayotgan elektr toki yoki kuchlanish qiymatini ko’rsatadi. G. asosan ikki juft qo’zg’almas g’altak, magnitlar sistemasi va ko’zgudan iborat. O’lchanayotgan tok g’altaklar chulg’amidan o’tayotganida mil magnit tok kuchiga yarasha og’adi. Ko’zgu bu og’ishni kuzatib turishga imkon beradi. Qo’zg’almas magnitli g.da esa g’altak qo’zg’aladi. Boshqa turdagi (ballistik, vibrasion, termogalvanometr) G. lar bir-biridan tuzilishi, ayniqsa sxemotexnikasi b-n farqlanadi. G.ning asosiy ko’rsatkichi — uning sezgirligi. Mac, o’zgarmas tok g.lari 5-10″11 A tok kuchini: 5-10-» V kuchlanishni sezadi. Keyingi yillarda integral mikrosxemali asboblar, ayniqsa, o’ta aniq va sezgir raqamli elektr o’lchov asboblari, shu jumladan, o’ta sezgir g.lar ishlab chikarilmokda. Ularning sezgirlik darajasi nihoyatda yuqori bo’lganligi uchun tibbiyotda, fiziologik tadqiqotlar o’tkazishda va ko’plab texnologik jarayonlarda, texnikaning turli sohalarida keng ishlatilmoqda.