GANDAMAK SHARTNOMASI

GANDAMAK SHARTNOMASI — 1879 y. 26 mayda Kobul yaqinidagi ganda- MAK qishlog’ida Angliya b-n Afg’oniston o’rtasida tuzilgan tinchlik shartnoma — si. G. sh.ni Afg’oniston amiri Yoqubxon b-n Buyuk Britaniya hukumatining va- Kili Lui Kavanyari imzolagan. G. sh.ga muvofiq, Afg’oniston tashqi siyosat ma- salasida mustaqil harakat qilishdan mahrum bo’ldi; hukumatning ichki siyosa- tini Britaniyaning Afg’onistondagi el- chisi belgilaydigan bo’lib qoldi. Bundan tashqari Qandahor shahri, Qurram, Sibi, Pishin viloyatlari ingliz hukmronligi ostiga o’tdi. Xaybar va Michin dovonla- rida inglizlar nazorati o’rnatildi.