Guttuzo (Guttuso) Renato

Guttuzo (Guttuso) Renato (1912.2.1, Sisiliya — 1987) — italyan rassomi va grafigi, jamoat arbobi. Rimdagi ba akad. (1960). Antifashistlar harakati ishtirokchisi, 2-jahon urushi davri- da qarshilik ko’rsatish harakatida qatnashgan. Italiya san’atida ijtimoiy realistik yo’nalishni boshlab bergan; xalq hayoti va inqilobiy kurash mavzui- dagi qahramonona lavhalar, zamonaviy dunyo qarama-qarshiliklari aks etgan dra- matik ta’sirchan, umumlashma shakllari b-n ajralib turuvchi asarlar muallifi. Ijodida manzara va natyurmort alohida o’rin tutadi: «otish» (1938), «bizga Xudo yor» rasmlar turkumi (1944-45; tinchlik Oltin medali, 1950), «Sisiliyadagi bo’sh erlarni egallash» (1948-50), «Garri- baldining Ammiralo ko’prigidagi Jan- gi» (1951 — 52), «olomon» (1960), «sa- vat, ombur va bolg’a» (1961), «P. Tolyatti o’limi» (1965), «Yangiliklar» kompozi- tsiyasi (1971) va b. G. ijodi italyan ras- somlari, shuningdek, Evropa mamlakat- larining bir qator rassomlari ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatgan.