Gurpinor Husayn Rahim
Gurpinor Husayn Rahim (1864-Istanbul—1944) — turk yozuvchi- si, turk adabiyotida realizm oqimining yirik vakillaridan. Dastlabki romani «Dabdaba» (1888)da oliy tabaqa vakil- larining axloqiy tubanligi fosh etil- gan, Istanbul hayotining Real manzara- lari tasvirlangan. «Ko’zgu yoxud shukuh» (1888), «Iffat» (1896), «Murabbiya» (1898), «sevgida tenglik» (1899) roman- larida turk jamiyatining deyarli yarim asrlik xayoti aks etadi. G. «Sevgi izla- ridan» (1910) hamda «dumli yulduz osti- dagi uchrashuv» (1918) romanlarida oila, axloq masalalariga murojaat qilgan. 2-jahon urushi davridagi turk jami- yatining chuqur ijtimoiy ziddiyatlari «Eshitilmagan bir voqea» (1919) romani- da, turk ayollarining ayanchli ahvoli esa «Billur qalb», «bog’langan ko’ngillar» (1926) romanlarida o’z ifodasini top- gan. «Muhabbat tilsimi» (1928), «uyatsiz odam» (1934) kabi romanlarida kiborlar jamiyatining nuqsonlari ochib tashlan- gan. G.ning «xotinlar voizi» (1918), «Nomus va ochlik masalalari» (1933), «Erosti yo’lining ikki teshigi» (1934), «Menga farishta bo’lib ko’ringan iblis» (1943) kabi hikoyalar to’plamlari, «kuz bulbuli» (1912) pesasi ham bor. Guru (sanskritcha — diniy murab- biy, ustoz) — Panjob (Hindiston)dagi sikxlar diniy jamoasi rahbari. Birin- chi g. — Nanak (1469-1538), so’nggisi (10si) — Govind Singx(1-a. 2-yarmi — 18-a. boshi).