GURULLAVUQSOY

Ma’nosi

GURULLAVUQSOY (Go’rdiboysoy) -Navoiy viloyati Nurota tumanida- gi soy, Qoratog’ning Jan. yon bag’ridan (1200 m) boshlanuvchi 15 ta irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. G. Jan. yo’nalishda oqib, Zarafshon Daryo- siga (o’ngdan) etmasdan Qizilravot qishlog’idan shimolrokda tugaydi. Uz. 21 km, havzasining mayd. 52 km2. G.ning yuqori oqimida vodiysi tor. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi, kam suvli. Bahorda to’lib oqadi.

O‘xshash so‘zlar

G harfi: barcha so‘zlar