Gumilyov Lev Nikolaevich

Gumilyov Lev Nikolaevich (1912.1.10, Tsarskoe Selo — 1992, Sankt- Peterburg) — tarixchi, etnolog va Geo- graf olim. Rus shoirlari N. S. Gumi- Lyov va A. Lxmatovalarning farzandi. Leningrad un-tini bitirgan (1946). 1930-50 y. larda ta’qibga uchrab, ikki marta qamalgan. Tarix fanlari dri (1961), geogr. fanlari dri (1974). 1961 y.dan Leningrad un-ti qoshidagi geogr. ilmiy tadqiqot in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, etakchi ilmiy xo- dim. Inson va etnoslarning biologik ijtimoiy mohiyati haqidagi ta’limot asoschisi; etnogenezning nasldan-naslga o’tuvchi asosiy energetik belgisi passi- onarlik — biokimyoviy quvvat ortishi natijasida odamlardagi ongli biologic qobiliyatlarning nihoyat darajada ku- chayishi g’oyasini ilgari surgan. Bunday jarayonlarning namoyon bo’lishi tarixiy taraqqiyotga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Turkiy, mo’g’ul, slavyan va Evrosiyoda- gi boshqa xalqlar tarixi haqida yirik tadqiqotlar yaratgan. Sharq tillarini mustaqil ravishda o’rgangan. Asarlari ko’plab xorijiy tillarda nashr etil- gan. Sobiq Sho’ro totalitar tuzumiga xos nohaq ta’qiblar g.ni keng ko’lamda ilmiy faoliyat olib borishiga xalaqit bergan. Asarlari uzoq yillar bosilmay qolgan. O’zbek, tatar, pushtun, tojik, turkman, hind adabiyotidan ko’plab tarjimalar qilgan. YUNESKO yo’li b-n arxeol. va ta- rix fanlari bo’yicha o’tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. As: Xunnu. Sredinnaya Aziya v Drevnie vremena, M., 1960; Podvig Baxrama Chu- bina, L., 1962; Otkritie Xazarii (Isto- Riko-geograficheskiy etyud), M., 1966; Drevnie tyurki, M., 1967; poiski VI- mishlennogo tsarstva, M., 1970; Xunni v Kitae. Tri veka voyni Kitaya so Stepni- mi narodami; M., 1974; Etnogenez i bio- sfera zemli, M.-L., 1979, VIP. 1; VIP. 2, M.-L., 1980; VIP. 3, M.-L., 1980; etnoge- nez i biosfera zemli, L., 1989; Drevnyaya Rus i Velikaya Step M., 1989; Geografiya etnosa v istoricheskiy period. L., 1990.