Gumilyov Nikolay Stepanovich
Gumilyov Nikolay Stepanovich [1886.3(15).4, Kronshtad, — 1921.24.8, Pe- trograd] — rus shoiri. Anna Axmatova- nint umr yo’ldoshi. 20-a.ning 10-y.lari- dagi akmeizmning (Yun. akte so’zidan — biror narsaning oliy darajasi) yirik vakillaridan. Asosiy asarlari: «is- tilochilar yo’li» (1905), «romantik gul- lar» (1908), «Marvarid» (1910), «begona osmon» (1912), «o’qdon» (1916), «gulxan» (1918), «chodir» (1921), «olovli ustun» (1921) she’riy to’plamlari, «Palma soyasi» (1922) hikoyalar to’plami, «rus she’riyati haqida maktublar» (1923) tanqidiy maqolalar to’plami. Volter, T. Gote, S. Kolrij, G. Geyne va b. adi- blarning asarlarini rus tiliga tar- jima qilgan. Petrogradda «Vsemirnaya literatura» («Jahon adabiyoti») na- shriyotining ishida qatnashgan. Ritmlar- ning ravonligi, yorqinligi, ohangining mag’rur va ko’tarinkiligi g. she’riyati- ning o’ziga xos tomonidir. G. 1917 y. okt. dagi davlat to’ntarishini qabul qilmadi va aksilinqilobiy fitna ishtirok- chisi sifatida qatl etildi. 1991 y. G. ishi tarkibida jinoyat yo’qligi sababli to’xtatilgan.