Gumon qilinuvchi
Gumon qilinuvchi — jinoyat sodir etishda gumon qilingan, unga nis- batan surishtiruvchi yoki tergovchi qaror chiqargan shaxs. G. q. o’zini qanday jino- yatda gumon etilayotganini bilishga, bu haqda tushuntirish va ko’rsatuv berish- ga, 24 soat ichida himoyachisi ishtiro- kida so’roq qilinishini talab etishga, dalillar ko’rsatish, iltimoslar qilish, surishtiruvchi, tergovchi va prokuror- ning harakatlari ustidan shikoyat etish- ga haqli. G. q. uzog’i b-n 72 soat ushlab turilishi, ehtiyot chorasi tarzida Pro- kurorning ruxsati b-n 10 sutkaga qadar qamoqda saqlanishi mumkin (O’zR JPK, tegishli moddalari). G. q. ga nisbatan bunday choralar qo’llanish uchun u jinoyat qilayotganini guvoxlar bevosita ko’rgan, uning badanida yoxud kiyim-boshlarida jinoyat izlari topilgan bo’lishi shart. G. q. ko’rsatuv berishdan bosh tortgani va yolg’on ko’rsatuv bergani uchun javobgar- likka tortilmaydi.