Gur tillari

Gur tillari — Niger-Kongo til- lari oilasiga mansub tillar guruhi. Gur nomi shartli. Tovushlar birikmasi G. t. ko’pchiligi (Gurma, Guren, gurunsi, guruba va b.)da mavjudligi uchun shun- Day nomlangan. G.t. voltiy tillari deb ham ataladi. G.t. G’arbiy Afrika, Mali, Niger, Gana, Togo, Benin, Kot-D-Ivuar va Burkina-Faso hududlarida tarqalgan bo’lib, qariyb 14 mln. kishi so’zlashadi (1991). G.t.ning yuzga yaqin turi ma’lum, ular turli shevalarga ega. G.t. shevalari- ning ayrimlari hali o’rganilmagan. G.t. tilshunoslar tomonidan turlicha tasnif qilingan. Hoz. G.t. 10 guruhga bo’lingan, ularning bir-biridan farqi kattaligi tufayli har biri ayrim guruh sifatida qaraladi. Yozuvi lotin alifbosi asosi- da.