«YUNAYTED PRESS INTERNESHONAL»

«YUNAYTED PRESS INTERNESHONAL» (yupi) — AQSh informasiya agentligi. Dunyodagi eng yirik agentliklardan. 1958 yil Yunayted press (1907) va interneshonal Nyus servis (1909) Amerika agentliklarining birlashishidan tashkil topgan. Markaziy apparati Nyu-Yorkda. AQShda va jahonning deyarli barcha mamlakatlarida muxbirlari hamda maxsus byurolari bor.