GORGIPPIYA

GORGIPPIYA (Yun. qorhippia) — qad. shahar, sindlar poytaxti (mil. AV. 4— mil. 3-a.lar), kora dengizning Sharqiy qirg’og’i (hoz. Krasnodar o’lkasidagi ana- Pa sh.ning o’rni)da joylashgan. Bospor podsholigiga qo’shib olingach (mil. AV. 4-a. boshi), shahar hokimi Gorgipp shara- figa shu nom b-n atalgan. G. Bosporning yirik savdo va hunarmandchilik marka- zi bo’lgan. Shaharda sindlar va skiflar birga yashaganlar. Mamlakat xo’jaligini ifodalovchi tasvirlar (bug’doy doni, boshoq, ot) tushirilgan tangalar zarb qilingan. G.da topilgan qimmatli Yodgor- liklardan biri mahalliy bezakli yunon kiyimida tasvirlangan podsho Neoklin- ning marmar haykalidir (yana q. Sindi- ka).