Gorelef
Gorelef (Frans. haut — ba- Land va relief — relef, bo’rtma) — haykaltaroshlik turi. Tasvir (odam, hayvon, manzara va b.)ning yarmidan ko’prog’i zamin sathidan bo’rttirib ishlanadi. G. Qad. Rim, Yunoniston, Hindiston me’morligi, haykaltaroshlik va bezak san’atida keng qo’llanilgan (mas, Maharashtra shtati Karli qishlog’idagi g’or — Budda ibodatxonasi, mil. AV. 1-a.). O’zbekiston hududidagi Ayritom (1-2- a.lar), Varaxsha (8-a.) xarobalaridan tosh va ganchdan ishlangan g.lar topilgan (raqqosa, sozanda, ot, jayran shakllari). Toshkent metrosining «Sobir Rahimov», «Buyuk Ipak yo’li», «Mustaqillik may- doni» bekatlaridagi lavhalarda g. qo’llanilgan.