German tillari

German tillari — hind-Evropa tillari oilasiga mansub tillar guruhi. G’arbiy Evropadagi Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya, Bel- giya, Shveytsariya, Lyuksemburg, Shvesiya, Daniya, Norvegiya, Islandiya mamlakat- larida, shim. Amerikada (AQSh, ka- nada), JAR, Avstraliya, yangi Zelandiya va Osiyoda (Hindiston, Pokiston va b.) keng tarqalgan. G. t.da 550 mln.ga yaqin kishi so’zlashadi (1990-y.lar o’rtalari). G. t. 3 kichik guruhga bo’linadi: shim. (shved, dan, norveg, Island, Farer tilla- ri); g’arbiy (ingliz, nemis, niderland, Lyuksemburg, afrikaans, Friz, idish) va Sharqiy (got, burgund, vandal, gepid, gerul kabi «o’lik tillar»). Milliy G. t. qabila shevalaridan tashkil topgan. German qabilalari dastlab Skandinaviya ya. o. janubida., Yutlandiya ya. o. va Shlez- vig-Golshteyn hududida joylashadi. Qad. german shevalari shim. va Jan. gurux- larga bo’lingan. Mil. AV. 2-1-a.larda german qabilalarining bir qismi skan- dinaviyadan Boltiq bo’yidagi hududlarga ko’chib, Sharqiy german guruhini tashkil etgan. Sharqiy Skandinaviya shevalari asosida keyinchalik shved va dan til- lari, G’arbiy Skandinaviya shevalari asosida esa norveg tili vujudga kel- Di. 19-20-a.larda Islandiya va Farer o.lariga Norvegiyadan ko’chmanchilar ke- lishlari natijasida norveg tili va Farer tili yuzaga keldi. Hind-Evropa tillarining keyinchalik yuzaga kelgan vakili — idish tili 10-14-a.larda yuqori nemis shevalarining semit va keyinchalik slavyan tillarita xos ayrim unsurlardan tashkil topadi. Afrika- ans tili esa niderland shevalarining ingliz, nemis, frantsuz tillari hamda ba’zi Afrika, malay-portugal tillari b-n qo’shilishi natijasida paydo bo’ldi. G.t.ning tarixiy rivojlanishi shartli ravishda 3 davrga bo’linadi: 1) qad. (yozuv paydo bo’lgandan to 11-a.gacha); 2) o’rta (12-15-a.; yozuvning rivojlanishi va bu tillarning keng ijtimoiy qo’llanishi); 3) yangi (16-a.dan hoz.gacha; milliy tillar- ning tashkil topishi va takomillashuvi). German milliy-adabiy tillari 16-a.da Skandinaviya mamlakatlarida, 16— 17-a. da Angliyada va 18-a.da Germaniyada shak- llangan. Hoz. Norvegiyada adabiy tilning 2 shakli mavjud: riksmol (1929 y.dan Bukmol) va lansmol (1929 y.dan nyunor). Ingliz tilining Angliyadan tashqarida tarqalishi uning AKSH, Kanada, Avstra- liya, yangi Zelandiya, JAR variantlarini keltirib chikardi. Nemis tili o’zining Avstriya variantiga, Shveytsariyada yana ikki varianti — shveytsar shevasi va adabiy tiliga ega. 1984 y.da Lyuksemburg tili milliy til mavqeiga ega bo’ldi. G. t. boshqa hind-Evropa tillaridan quyidagicha farqlanadi: kuchli Di- Namik urg’u birinchi (o’zak) bo’g’inda bo’ladi; urg’usiz bo’g’inlar reduktsi- yaga uchraydi; unlilar assimilyativ o’zgaradi; abluat hodisasi morfolo- gik xususiyat kasb etadi; sifatlar kuchli va kuchsiz turlanadi va h. k. G. t. grammatik xususiyati analitizmi turli darajada bo’lishi, kelishiklar- ning soni va turlanishi turlicha ekan- ligi, fe’llardagi turli alomatlar b-n belgilanadi.