Geografik qobiq, landshaft qobig’i, epigeosfera

Geografik qobiq, landshaft qobig’i, epigeosfera — erning li- tosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o’zaro tutashadigan va bir-biriga ta’sir etadigan qobig’i. G. q.ning tarkibi va tuzilishi juda mu- rakkab. Uning yuqorigi va pastki che- garalari ham shartlidir. Atmosfera- da g. q. stratopauza buylab o’tadi deb hisoblaydilar, chunki er yuzasining at- mosfera jarayonlariga bo’lgan issiqlik ta’siri shu chegaragacha davom etib, li- tosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. G. q. butun gidrosfe- Rani, er po’stining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25-30 km qalinlikdagi qatlam)ni o’z ichiga oladi. G. q.ning eng qalin qismi 40 km ga yaqin. G. q.ning erdagi boshqa qobiqlardan farqi: g. q. Erdagi va kosmosdagi ja- rayonlar ta’sirida shakllanadi; li- tosfera, atmosfera tutashib, o’zaro ta’sir etib turadi — turli xil erkin energiyalarga nihoyatda boy, unda mod- dalarning barcha agregat holati uch- raydi; Quyoshdan keladigan issiqlik to’planadi; insoniyat jamiyati mavjud. Er po’stini tashkil etadigan tog jin- slari relef b-n birga, havo massala- ri, suv, tuproq qatlami va biosenoz- lar, qutbiy kengliklarda va baland tog’lik joylarda to’plangan muzliklar G. q.ning asosiy moddiy komponentla- ridir. Gravitasion energiya, sayyoraning ichki issiqligi, Quyoshning nur ener- giyasi va kosmik nurlar energiyasi esa asosiy energetik komponentlaridir. G. q. quyidagi muhim xususiyatlarga ega: 1) tarkibiy qismlari o’rtasida beto’xtov modda va energiya almashini — shi tufayli g. q. yaxlit bir butunni tashkil etadi; 2) moddalar (ular b-n bog’liq holda energiya) aylanma harakat qilib turadi. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi turlicha: ulardan ba’- zilari mexanik harakatlardir (atmos- fera tsirkulyasiyasi, dengiz oqimlari), boshqalarida moddaning agregat holati o’zgaradi, uchinchilarida uning kimyoviy tarkibi ham o’zgaradi (biologik aylan- ma harakat); 3)ritmiklik, ya’ni jarayon va hodisalarning vaqt o’tishi b-n ta- krorlanishi. Bu, asosan, astronomik va geologik sabablarga bog’liq. Sutkalik (kun va tunning almashinishi), yillik (yil fasllarining o’zgarishi), asr ichida (mas, har 25-50 y.da) iqdim, muzlik, ko’l sathi, daryolardagi suv miqdori va b.ning takroriy o’zgarib turishi, asrdan ko’p (mas, har 1800-1900 y.larda va salqin- sernam iqlimli davrning quruq va issiq iqlimli davr b-n almashib turishi), geologik ritmlar (kaledon, gersin, Alp tog’hosil bo’lish bosqichlaridan har bi- rining 200-240 mln. yil davom etishi) va h. k. ritmlar farq qilinadi; 4) ekzo- gen va endogen kuchlarning o’zaro ta’siri ostida g. q.niig yaxlit sistema sifatida betuxtov rivojlanishi; 5) erning shak- li va Quyosh energiyasining er yuzasida taqsimlanishidan kelib chiqadigan zo- nallik hamda regionallik xususiyati. G. k.ni tabiiy geografiya o’rganadi. G. q. g’oyasiga dastlab P. I. Brounov (1910) va R. I. Abolin (1914) yondashdi. G. q. termini- ni A. A. Grigorev (1932 y.dan) asosladi. Fotixkamol G’ulomov.