YUNUSOV ADHAM YUNUSOVICH

YUNUSOV ADHAM YUNUSOVICH (1910.1.7 — Toshkent — 1971.16.10) — fiziolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1952), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1960), biologiya fanlari Doktori (1949), professir (1950). O’rta Osiyo Paxtachilik va ipakchilik intini (1932) hamda toshti ni (1943) tugatgan. Toshti, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti, Toshkent qishloq xo’jaligi instituti fiziologiya kafedralarida assistent (1932-38), Farmasevtika instituti fiziologiya kafedrasida dotsent, keyinchalik mudir (1938-49), Toshti fiziologiya kafedrasi mudiri (1948-52). O’zbekiston maorif vaziri (1952-53). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiya kotibi (1953-56), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti (hozirgi Fiiyulogiya instituti) fiziologiya bo’limi mudiri (1956-71). Ilmiy ishlari odam va hayvon organizmidagi suvtuz almashinuvi regulyasiya sidagi ovqat hazm qilish a’zolarining ahamiyatini tekshirish, kimyoviy termoregulyatsiya, yuqori temperaturali sharoitda fiziologik funktsiyalar mexanizmining o’zgarishini o’rganish va boshqalarga oid. Yunusov tadqiqotlari asosida issiq sharoitda ishlaydiganlarning tuz iste’mol qilish me’yori, qoramoldan me’da shirasi olish usuli ishlab chiqilgan. As: fiziologiya krovi cheloveka i jivotnnx v jarkom klimate, T. 1961; adaptatsiya cheloveka i jivotnnx k vnsokoy temperature, T, 1971; odam fiziologiyasi [darslik], T, 1957.