TERMOMAGNIT HODISALAR

TERMOMAGNIT HODISALAR – t-ra gradienti mavjud bo’lgan o’tkazgich va yarimo’tkazgichlarnimagnitmaydonigakiritilganda hosil bo’ladigan hodisalar. Bunda magnit maydoni elektron (kovak) lar harakatini o’zgartirishi natijasida o’tkazgich uchlarida elektr potentsiallar va qo’shimcha tralar farqi vujudga keladi. Magnit maydoni kuchlanganligi, t-ra gradienti, issiklik oqimining zichligi va bu hodisa o’lchanadigan yo’nalishga parallel vektorlarning o’zaro vaziyatiga qarab, T.h. har xil bo’ladi. t-ra gradientiga perpendikulyar yo’nalishda o’lchanayotgan T.h. ko’ndalang, parallel yo’nalishda o’lchanayotgani esa bo’ylama T. h. deb ataladi.