Termopara

Termopara — t-ra datchigi. Har xil jinsli o’zaro ulangan elektr o’tkazuvchi 2 element (odatda, metal yoki yarimutkazgich)dan iborat. Ishi Zeebek effektita asoslangan. O’tkazgich elementlarining kontaktlari (odatda, kavshar choki) turli trada bo’lsa, T. zanjirida termoelektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) vujudga keladi, bu e. yu. k.ning kat – taligi «issiq» va «sovuq» kontakt lar trasi farqiga hamda termoelektrodlar sifatida ishlatilgan materiallarning tabiatiga bog’liq bo’ladi. T. bilan 4 K dan 3800 K gacha oraliqdagi tralar aniklanadi.