Terpenlar

Terpenlar — tabiatda keng tarqalgan to’yinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi (S5N8)l yaq2, 3, 4 va h. k. bo’lishi mumkin. Barcha T., odatda, izoprenning polimerizasiyalanishidan X.Osil bo’lgan mahsulotlar deb qaraladi. T. molekuladagi izopren bo’g’imlariga qarab, quyidagi qatorlarga bo’linadi: xususiy mono T. (pq2) (ko’pincha T. deganda faqat shu birikmalar tushuniladi); seskviterpenlar (yaq3); Diterpenlar (yq4) (Diterpenlar hosilalariga smola kislotalari mansub); triterpenlar (yaq6) (bunga sterin va gormonlar kiradi); politerpenlar (p bir necha yuzdan o’nlab minggacha) (tabiiy kauchuk, guttapercha kiradi). T. ning har bir qatori, o’z navbatida, quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) alifatik yoki asiklik T. — uglerod atomlari ochiq zanjirli birikmalar. Bu guruhning xususiy T.i (S|0N|6) 3 ta qo’sh bog’lidir (mirsen, otsimen); 2) karbosiklik T. Bu birikmalarda bir yoki bir necha uglerod atomi halqasi bo’ladi. Halqalar soniga qarab, T. quyidagilarga bo’linadi: a) 1 ta olti a’zoli halqali monosiklik T. Bu guruhning xususiy T. i 2 ta qo’sh bog’lidir (limonen, terpinenlar, terpinolen); b) 2 halqali bitsiklik T. Bu guruh T.i (Syun|6) 1 ta qo’sh bog’lidir (pinenlar, kamfen); v) 3 ta uglerod atomi halqasi bo’lgan trisiklik T. Bu guruh T.i (S10N|6)da qo’sh bog’lar bo’lmaydi; g) Diterpenlar, triterpenlar va politerpenlarda 3 tadan ortiq halqa bo’lishi mumkin. T. hosilalari funktsional guruhlari tavsifiga qarab, spirt — lar, aldegidlar, ketonlar, oksidlar, gidroksidlar, peroksidlar, kislotalar va h.k. ga bo’linadi. Monoterpenlar zichligi 1000 kg/m3 gacha, qaynash trasi 150-190°, seskviterpenlarniki 230-300°, diterpenlarniki 300°dan yuqori. T. — xushbo’y; suvda erimaydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. T. va uning hosilalari gullar, mevalar, o’simlik bargidan olinadigan efir moylarining tarkibiy qismidir. T. o’simliklardan bug’latib, quruq haydab, ekstraktsiyalab olinadi. Kimyo, atirupa, farmasevtika, lokbo’yoq, qog’oz, sovun sanoatida keng qo’llanadi.