Transkripsiya
Transkripsiya (musiqada) musiqa asarini boshqacha tarzda (masalan, boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (kontsert Transkripsiyasi). Yevropada 16-17-asrlarda paydo bo’lgan. 19-asrdan (asosan, fortepiano Transkripsiyalari) eng ommabop kontsert janrlaridan biriga aylangan (F. List, K. Tauzig, M. Balakirev, F. Kreysler, S. Raxmaninov va boshqalar). Sharq xalklari bastakorlik ijodida muayyan kuylar asosida asarlar yaratishda an’anaviy usullardan biridir. Masalan, «Ushshoq» kuyi asosida yaratilgan «Samarqand ushshog’i», «Ushshoqi Sodirxon», shuningdek «Qo’qon Ushshog’i», «Toshkent Ushshog’i», «Umrzoq Polvon Ushshog’i», «Fattohxon Ushshog’i».