Transferazalar

Transferazalar — har xil atomlar guruhini bir organik birikma molekulasi (donorlar)dan ikkinchisi (aktseptorlar)ga ko’chirilishi qaytar jarayonini katalizlaydigan fermentlar sinfi. T. eng katta sinf bo’lib, ularning 500 ga yaqin individual xillari aniklangan. Ko’chirilayotgan guruxdarning turiga qarab, bular aminotransferazalar, fosfotransferazalar, glikoziltransferazalar va b. ga bo’linadi. T. ning ko’pchiligi faqat koferment (q. Kofermentlar) ishtirokida katalitik faolligini ko’rsatadi, ammo koferment tavsifi ko’chiriluvchi guruh tomonidan belgilanadi. Mas., amin guruxlarning ko’chirilishida perdoksal fosfat, shakarlar qoldigining ko’chirilishida nukleotidlar koferment bo’ladi. T. tabiatda keng tarqalgan bo’lib, oraliq moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.