Travmatizm

Travmatizm — kishilarda sodir bo’ladigan travmalar majmui; 2 guruhga bo’linadi: 1) ishlab chiqarish. (sanoat va qishloq xo’jaligi.) T.i; 2) ishlab chiqarish.dan tashqari T., ya’ni transport, kucha, turmush, sport, bolalar T.i va h.k. Ishlab chiqarish T.i ko’proq sanoat da mehnat shartsharoitining bevosita ta’siri (mas., xavfeizlik texnikasi va mehnat muhofazasidagi kamchiliklar, mehnatning noto’g’ri tashkil etilishi va b.), ishchining malakasizligi, ruhan, jismonan toliqishi (ya’ni qattiq charchash, tob qochishi va h.k.) oqibatida, shuningdek, qishloq xo’jaligi.da murakkabroq mashinalar bilan ishlaganda ishchi texnik bilimining etarli emasligi, ba’zan mexanizatorning tartibintizomga rioya qilmasligi va b.da yuzaga keladi. Ishlab chiqarishdan tashqari T. (ko’cha T. i)ga ko’proq shahar transporti, alkogolizm va h.k. sabab bo’ladi. Turmushda uy mehnati bilan shug’ullanayotgan (uy yig’ishtirish, elektr asboblardan foydalanish payti)da sodir bo’ladi. Sport mashg’ulotlarining noto’g’ri usulda olib borilishi va tashkil etilishi, shugullanuvchining betobligi yoki qo’polligi, mashg’ulot maydoni va sport asboblarining nosozligi va b. oqibatida ro’y berishi mumkin. Bolalar T.i ko’proquchraydi. Bu bolalar sho’xligi, tajribasizligi, elektrdan shikastlanishi, ko’chada esa transport serqatnov joylarda o’ynashi, velosiped uchishi va h.k.dan kelib chiqadi.