Toq tuyoqlilar

Toq tuyoqlilar (Perissodactyla) sut emizuvchilar turkumi. Oldingi oyoklarida 1,3 yoki 4 ta, orqa oyoqlarida 1 yoki 3 ta barmoq bor. Uchinchi barmog’i boshqa barmoqlariga qaraganda yaxshi rivojlangan; uchida tuyog’i mavjud. Gavdasi shu barmoqqa tayanadi. Jag’tishlari o’simlik mahsulotlarini chaynashga moslashgan. Kalla suyagining yuz qismi cho’ziq. O’mrov suyagi yo’q. Son suyagida uchinchi ko’stning borligi bilan juft tuyoqlilardan farq qiladi. Oshqozoni bir kamerali. Ko’richagi uzun. Bitta bola tug’adi. T.t. Afrika, Osiyo, Jan. Ameri — kada tarqalgan; uy hayvonlari sifatida barcha qit’alarda bor. Jan. Evropada 19-a. oxirigacha yovvoyi holda yashagan. 3 oilasi: otsimonlar, karkidonlar va tapirlar mavjud.