YUNUSOV RAVSHAN YUSUPOVICH
YUNUSOV RAVSHAN YUSUPOVICH (1949.20.7, Toshkent) — musiqashunos; O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (1999), san’atshunoslik fanlari nomzodi (1983), professor (2002). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). Shu konservatoriya (2002 yildan O’zbekiston konservatoriyasi) da o’qituvchi (1979 yildan), fakultet dekani (1983-87), kafedra mudiri (1989-92 va 2002 yildan), ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (199296), rektor (19972002), 1996-97 yillarda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o’rinbosari. 1995 yildan O’zbekiston bastakorlari uyushmasi raisi o’rinbosari. Ilmiy asarlari maqomot va o’zbek maqom san’ati (masalan, «Maqomlar va mug’omlar», T., 1992), 20-asr o’zbek musiqa namoyandalari (F.Mamadaliyev, Faxr. Sodiqov, M.Tojiyev, HAB. Rahimov, M. Mahmudov) ijodiyoti va ilmiy meros (I.Rajabov) masalalariga bag’ishlangan. «Solfejio» (T., 2004, O. Ibrohimov bilan) kabi darslik va o’quv qo’llanmalari muallifi.