Topografik s’yomka

Topografik s’yomka — topografik plan yoki xarita asl nusxasini yaratishda bajariladigan ishlar. Bu ishlar joy topografik elementlarining planli o’rnini va balandligini geodezik asos punktlariga nisbatan aniklash va ularni qog’ozda shartli belgilar bilan tasvirlashdan; aholi yashaydigan joylar, daryolar, ko’llar va b. nomlarini aniqlashdan, planda tasvirlanadigan joyning topografik elementlari — daryolar suvi oqimining yo’nalishini, o’rmon daraxtlarining turi va o’lchamlarini va b.ni aniqlashdan iborat. Hoz. kunda T. s. stereotopografik, qo’shma aerofototopografik (fotoplanda bajariladigan s’yomka), er usti fototopografik va menzula s’yomkalar usullarida bajariladi. Stereotopografik va qo’shma aerofototopografik s’yomka eng asosiy T. s. usullari xisoblanadi. Er usti fototopografik s’yomka tog’li hududlarda mustaqil ravishda hamda aerofototopografik s’yomka usuli bilan birga qo’llanishi mumkin. Menzula s’yomkasi aerofotos’yomka materiallari bo’lmagan hollarda qo’llanadi. S’yomkalar boshqa (taxeometrik s’yomka, teodolit s’yomka) usullarda ham bajarilishi mumkin; bunda tuziladigan topografik planlarning anikg’shgi va mazmuni belgilangan talablarga javob bera olishi shart.