Toshko’mir
Toshko’mir — Qirg’izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar (1943 yildan). Norin daryosining o’ng sohilida (Sirdaryo havzasi). 600 metr balandlikda. Farg’ona va Oto’ynoq tog’lari bilan o’ralgan. Shahar atrofida ko’mir qazib olinadi. Toshko’mirdan Qirg’izistonning shimol va Janub tumanlarini birlashtiruvchi katta avtomobil yo’li o’tadi. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 23,3 ming kishidan ziyod (1999 yil). Kumir koni boshqarmasi, go’sht kombinati, non, g’isht, yarim o’tkazgich materiallar, tamaki fermentasiya zdlari, bosmaxona, san’at saroyi, madaniymaishiy binolar bor.