YUNUSOVA HASANA AHMADJONOVNA

YUNUSOVA HASANA AHMADJONOVNA (1918.31.12, Namangan) — infektsionist, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari Doktori (1955), professor (1956). Toshti pediatriya fakultetini tugatgach (1938), shu institut gospital pediatriya klinikasida ordinator (1938-39), yuqumli kasalliklar kafedrasida aspirant (193942), assistent (1942-44; 1946-51). Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani vrachlik uchastkasi mudiri (1944— 46). Toshti bolalar yuqumli kasalliklari (1954-72), keyinchalik shu institut yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri (1972 yildan). Ilmiy ishlari, asosan, brusellyoz, o’lka patologiyasiga, O’zbekiston sharoitida yuqumli kasalliklarning o’ziga xos kechishi va bu kasalliklarning rivojlanishini o’rganishga, ularning diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish va boshqalarga oid. As: Vaktsinoterapiya pri brusellyoze, T., 1958; bolezn Botkina u detey, T., 1970; Virusnne infektsii u detey, T., 1975.