Teokratiya
Teokratiya (Yun. theos — Xudo va …kratiya) — davlat boshkaruv shakli, bunda davlat (odatda, monarxiya davlati) ning boshlig’i bir vaqtning o’zida diniy boshliq ham hisoblanadi. Teokratik davlatlar qadimdan ma’lum. Mac, Iudeyada mil. AV. 5-1-a.larda bosh ruhoniy, ya’ni oliy kohin davlat hokimiyatining to’liq egasi bo’lgan. O’rta asrlardagi umaviylar va abbosiylar xalifaligi teokratik davlatlar edi. Iezuitlar 17-a. da Paragvayda tashkil etgan teokratik davlat ham ma’lum; Imom Shomilning Chechenistonda va 19-a.da Kavkazni istilo qilish paytida chor qo’shinlariga uzoq vaqt qarshilik ko’rsatgan Chechenistonga yaqin hududlardagi boshqaruvi teokratik xususiyatga ega bo’lgan. Papa viloyati 1870 y.da Italiya birlashishidan oldin teokratik davlat bo’lgan edi. 1951 y. Tibet XXRga qo’shilgunga qadar Dalaylama (Lama ruhoniylarining rahbari) Tibetdagi dunyoviy hokimiyatni ham boshqargan. Rim katolik cherkovining oliy rahbari Papa bir vaqtning o’zida Vatikan daatatining ham boshlig’i hisoblanadi. Teokratik tamoyillar fukerolar ijtimoiy va shaxsiy hayotining barcha tomonlari (diniy bayramlar va marosimlarga davlat maqomi berilishi, sud ishlari diniy qonunlar bo’yicha yuritilishining tiklanishi, boshka din vakillari quvg’in qilinishi va shu kabi) diniy tartiblar orqali belgilanishi kuchayishi bilan kechadi.