Tomografiya

Tomografiya (Yun. tomos — qavatmaqavat va …grafiya), biotoniya, laminografiya — murakkab rentgen tekshirish usuli; T.da tekshirilayotgan a’zoning qavatmaqavat surati olinadi. T. patologik jarayonning joylashgan o’rni, chuqurligi, bemorni yotqizish va tegishli qavatni hisoblash, texnik sharoitlarni aniqlash va suratlar olishdan iborat. T. rentgen trubka bilan plyonka joylashgan kassetaning bir vaqtda bir-biriga nisbatan qaramaqarshi harakat qilishi (siljishi)ga asoslangan; bunda bemor qimirlamay yotishi lozim. Ikki kavat orasidagi masofa — tomofafik qadam hajmi ob’ektning qalinligiga bog’liq, mas, o’pka uchun bu qadam 0,5 dan 2 sm gacha va undan ko’proq bo’lishi mumkin. T. to’g’ri, yon va ko’ndalang holatlarda hamda notipik holatda qilinada, u patologik jarayonning joylashgan o’rni, shakli, kattaligi, tuzilishi va uning atrofidagi a’zolar hamda to’qimalar bilan munosabati to’g’risida to’lato’kis ma’lumot beradi. T.da ko’p qavatli (simultan) kasseta ishlatilishi ifodaning bir yo’la bir necha qavatini olishga imkon beradi, tekshirish vaqtini qisqartiradi va bemorning nurlanish dozasini anchagina kamaytiradi. T. nafas a’zolari, yuraktomir, skelet sistemasi, qorin bo’shlig’i va b. a’zolarda uchraydigan o’smalar hamda turli kasalliklarni aniqlashda keng qo’llanadi. Hoz. kompyuter T. va magnitrezonans T. keng raem bo’lgan, bu kasallik o’chog’i qaysi qavatda joylashganligini aniq belgilash imkonini beradi.