Tolipov Obid
Tolipov Obid (1918.7.11 Toshkent -1994.15.12) — O’zbekiston xalq artisti (1978). 2jahon urushi qatnashchisi. Lohutiy nomidagi o’zbek davlat teatr texnikumini tugatgan (1937). 1937 y.dan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. «Etim va etima» (G’. Zafariy) spektaklidagi Etim roli T.ning sahnadagi ilk obrazidir. «Oqarib ko’rinar yolg’iz elkan»dagi Petya, «Nasriddinning kechmishlarida» o’g’ri, «Tom tog’aning kulbasi»da jon, «Oppog’im»da Dik, «uch mushketyor»da Lyudovik, «o’qituvchi»da Ramazon qori, «allomaning yoshligi»da Kongirbek, «Oltin tulpor»da Qirol, «kim aybdor»da Abdusamat kabi rollari bilan Shuhrat qozondi. T. dramaturg sifatida I. Ahmedov bilan xamkorlikda «sirli sandiq», «qimirlagan qir oshar», «Zumrad va qimmat», «to’g’ri va egri» kabi ertakpesalar yozib yosh tomoshabinlarga takdim etgan.