Tokantins

Tokantins — Braziliyadagi dare. Uz. 2850 km, havzasining mayd. 770 ming km2. Maranyan va Almas daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Braziliya yassitog’ligi va Amazonka pasttekisligidan oqadi. Para daryosiga (Amazonka daryosining deltasidagi o’ng tarmog’i) estuariy hosil qilib quyiladi. Yirik irmog’i — Araguya (chapdan). Quyilish joyidagi o’rtacha suv sarfi 16,8 ming m3/ sek, okt.dan mart—apr.gacha suvi ko’payadi. Suv ombori qurilgan. Quyilish joyidan 350 km masofada kema katnaydi.