YUSTINIAN I

YUSTINIAN I (taxminan 482 yoxud 483, Taurisiy, Yuqori Makedoniya — 565.14.11, Konstantinopol) — Vizantiya imperatori (527 yildan). Imperatorning mutlaq hokimiyatini o’rnatish, quldorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosat yurgizgan. O’rta tabaqa yer egalariga va quldorlarga tayangan, pravoslav cherkovidan ko’mak izlagan. Yustinian I ning qonun chiqarish va ma’muriy islohotlari Vizantiya imperiyasining mustahkamlanishiga olib kelgan. Yustinian I keng miqyosda bosqinchilik siyosatini yurgizgan. Yustinian I davrida ulkan qurilish ishlari olib borilgan, Konstantinopolda Ayo Sofiya ibodatxonasi bunyod etilgan.