Tovush lokasiyasi
Tovush lokasiyasi — ob’ektga bo’lgan yo’nalishni va shu ob’ekt tarqatayotgan tovushni taxlil qilish yo’li bilan ob’ektning turgan joyini aniqlash; ob’ekt hosil qilayotgan tovush maydoni (suet lokasiya) yoki maxsus qurilmalar vositasida hosil qilinadigan tovushning undan qaytishi (faol lokasiya) bo’yicha amalga oshiriladi. Faol T.l.da impuleli va uzluksiz tovush manbalaridan foydalaniladi. Impuleli rejimda ob’ektgacha bo’lgan masofa undan kaytgan aks sado — signalning kechikish vaqti bo’yicha aniklanadi. Uzluksiz rejimda ob’ektgacha bo’lgan masofa unga yuborilgan va undan kashtan chastotalar farqi bilan aniklanadi. Tovush chikaruvchi ob’ektlarning suet lokasiyasi tovushni tor yo’nalishda yo’naltiruvchi qabul qilgichlar bilan (tor chastota polosasida ishlaganda) qabul qilishning yoki korrelyasiey usul bilan (keng polosali manbalar bilan ishlaganda) amalga oshiriladi. T.l. infratovushdan ultratovushgacha bo’lgan chastota diapazonidagi tovushni havoga, erga va metallga tarqatishda keng qo’llaniladi. Barcha tirik jon, jumladan, odam va hayvonlarda T.l. mavjud. Ba’zi jonivorlar, mas., ko’rshapalak, delfin, kit va qushlar o’z evolyusiyasida faol lokasiyaga moslashib qolgan. Ko’rshapalak bir necha m/s dagi tovush impulslarini nurlatadi. Ko’r kishilar biror to’siqqa yaqinlashganini oyoq yoki xassasi tovushining to’siqdan qaytishi bilan sezib oladi.