Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar

Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar — eng og’ir xalqaro jinoyatlar. Xalqaro harbiy tribunal ustavi kvalifikasiyasi bo’yicha, agressiv urushni rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko’rish, bunday urushni ochish va olib borish yoki xalqaro shartnomalar, bitimlar, ahdlashuvlarni buzgan holda urushda bironbir tarzda qatnashish tinchlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1947 y. 3 noyab. dagi rezolyusiyasiga ko’ra, urushni targ’ib qilish ham shunday jinoyat hisoblanadi. Xalqaro huquqqa ko’ra, tinchlikka qarshi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatini qo’llash mumkin emas (ya’ni, belgilangan vaqt o’tgandan keyin ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi). Insoniyatga qarshi jinoyatlar millat va davlatlarning yashash asoslariga, ularning progressiv taraqqiyoti va tinch xalqaro aloqa qilishiga xavf solishda ifodalanadi. Mustamlakachshshk, genosid, aparteid, atmosfera yoki dengizlarni yoppasiga ifloslantirish (ekosid) shunday jinoyat sirasiga kiradi. Davlatlar, xalkaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar insoniyatga qarshi jinoyat sub’ektlari va bunday jinoyatni qilganlik uchun javobgarlik sub’ektlari bo’lishi mumkin. T. va i.q.j. uchun davlatlar siyosiy va moddiy javobgarlikka, konkret jismoniy shaxslar esa — yakka tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.