Tinch-totuv yashashning besh printsipi
Tinch-totuv yashashning besh printsipi (hindcha pancha Shila) — 1) hududiy butunlikni va mustaqillikni o’zarohurmatqilish; 2)hujumqilmaslik; 3) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik; 4) tenglik va o’zaro manfaatdorlik; 5) tinch-totuv yashash. Dastlab (1954 y. apr.da) Hindiston bilan Xitoyning Tibet r-ni o’rtasidagi savdo va aloqalar haqida, Hindiston va Xitoy tomonidan tuzilgan bitimning kirish qismida ifodalangan. Bu printsiplar Bandung konferentsiyasi (1955) qarorlari va b. xalqaro hujjatlarda aks ettirilgan.