Tiraspol

Tiraspol — Moldaviyadagi shahar. Dnestr daryosining chap sohilida. T. y. stantsiyasi. Pristan. Aholisi 186 ming kishi (1990 y.lar o’rtalari). Shahar 1792 y.da A.V.Suvorov tomonidan kad. moldavan qishlog’i Staraya Sukleya o’rnida qal’a sifatida barpo qilingan. 1929— 40 y.larda Moldaviya Muxtor Respublikasi poytaxti. Oziq-ovqat (konserva, mevasabzavot, vinokonyak zdlari va b.), mashinasozlik (shu jumladan, elektr texnikasi), engil (to’qimachilik, tikuvchilik), kimyo, yog’ochsozlik sanoatlari rivojlangan. Universitet, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi, kartinalar galereyasi bor. Issiklik elektr styasi ishlab turibdi.