TOVARNING HAYOTIY TSIKLI

TOVARNING HAYOTIY TSIKLI — tovarning bozorda sotilib, sotuvchiga foyda keltirib turish davri; T.hts tovarni yaratish g’oyasi va namuna nusxasining yaratilishi, xarajatlar va foyda ko’lamini hisobkitob qilishdan. boshlanadi. T.h.ts.ning asosiy bosqichlari: 1) tovarning ommaviy sotish uchun bozorga kirib kelishi; 2) tovarga talabning ortishi natijasida sotish hajmining o’sishi; 3) tovar mavqeining yuksak bosqichga ko’tarilishi va maksimal sotish hajmiga erishish; 4) bozorning tovarga to’yinishi, talabning pasayishi, sotishning kamayishi; 5) sotish hajmining keskin pasayishi, foydaning kamayishi va tovarning bozordan chiqib ketishi. Yuqoridagi bosqichlarga monand ravishda tovarning sotilishi va undan kelgan foyda dastlab orta borib, o’z cho’qqisiga etadi, so’ngra pasayib, minimal darajaga keladi. T.x.ts. uzun yoki qisqaligi tovarning sifatiga, bozor talabini qondira olishiga, narxi, reklama, sotilishi sharoitlarini o’zgartirish va b.ga bog’liq.