Tovoqtilli baqa, lappaktilli baqa

Tovoqtilli baqa, lappaktilli baqa (Discoglossus pictus) — dumsiz amfibiyalar turkumining bir turi. Tanasining uz. 7,5 sm gacha. Rangi o’zgaruvchan. Nog’ora pardasi teri ostiga yashiringan. Tili yumaloq (nomi ham shundan). Yil davomida ko’payadi; yiliga 5-6 marta 6 minggacha tuxum qo’yadi. Itbalig’i 2 oyda baqaga aylanadi. Jan.G’arbiy Afrikada tarqalgan. Hasharotlar, chuvalchanglar, shilliqqurt va b. bilan oziqlanadi.