Tobin (Tobin) Jeyms A.

Tobin (Tobin) Jeyms A. (1918 Shempeyn sh. AQTTT — 2000) — amerikalik iqgisodchi. Garvard untini tugatgan (1940). 1946 y.dan Garvard untida o’qituvchi, 1950 y.dan yel unti prof. T. tadqiqotlari J.M.Keyns nazariyasini yanada takomillashtirish, makroiqtisodiy va pul nazariyalarini mukammalroq ishlab chiqishga bag’ishlangan. Moliya bozorlari nazariyasi va ularning iste’mol, investisiya qarorlari, ishlab chiqarish., bandlik va narxlarga ta’siri muammolariga bag’ishlangan asarlari muhim ahamiyatga ega. R.Solou, Aoyken, K.Errou kabi taniqli iqtisodchilar bilan birga AQSh Prezidenta J.Kennedining iqtisodiy maslahatchilar qo’mitasi a’zosi ham bo’lgan (1961 -1962); monetarizm va reygonomika tanqidiga bag’ishlangan maqolalari bilan ham mashhur. Nobel mukofoti laureata (1981).