Tovar birjasi

Tovar birjasi — markazlashtirilgan tovarlar bozori. T.b.lari dastlab 19-a.da paydo bo’lgan, hozir esa ular ixtisoslashtirilgan birjalar sifatida keng tarqalgan. Hoz. zamon tovar birjalarida, asosan, standartlashtirilgan tovarlar, ko’proq ularning namunalari yoki standartlar asosida uni etkazib berish to’g’risidagi bitimlar sotiladi. Eng yirik tovar birjalari NyuYork, Bombay va Liverpul (paxta), Chikago va Nyuyork (don), London (metall)da joylashgan. O’zbekistonda 1991 y.dan «Uzbekistan» respublika universal agrosanoat birjasi «Ulgurjibirjasavdo», 1994 y.dan «Toshkent» Respublika tovarxom ashyo birjasi, va b. birjalar faoliyat ko’rsatadi (yana q. Birja).