Tovush tezligi

Tovush tezligi – tovush to’lqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. T.t. muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun o’zgarmas bo’lib, to’lqinning chastotasi va amplitudasiga bog’liq emas. Gazlarda t-ra va bosim ortishi bilan T. t. ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa t-ra ortishi bilan, ya’ni suyultirilganda T.t. kamayadi. Suvda t-ra oshishi (74° gacha) bilan T. t. ham ortadi. t-ra bundan yuqoriga ko’tarilgan sari T. t. kamaya boradi. Gaz va suyuqlik aralashmalarida T. t. undagi komponentlarning kontsentrasiyasiga bog’liq. Izotrop qattiq jismlarda T. t. moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. T. t. qattiq jismlarda suyukliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katga. Mas., T. t. 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, po’latda 5000 m/s ga teng.