Titanlar

Titanlar — 1) yunon mifologiyasida xudolar, olti akauka va olti opasingil (uran va G’eyaning farzandlari). Zevs boshliq Olimp xudolariga qarshi kurashda T. mag’lubiyatga uchraydi va Tapmapra tashlanadi. Keyingi davrlarda yaratilgan afsonalarda T.ni gigantlar bilan tenglashtirishgan. T.ning bolalari va nabiralarini titanidlar (ba’zi hollarda T.) deb ham ataganlar; 2) Kuchma ma’noda T. — favqulodda iste’dodi bilan ajralib turadigan odamlar.